Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / Litsenziya axborot tizimlari majmuasidan foydalanish
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Litsenziya axborot tizimlari majmuasidan foydalanish

Joriy yilning 16 dekabrida “Elektron hukumat” doirasida ishga tushirilgan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasidan foydalanish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari videoselektor shaklida tashkil etildi.

Joriy yilning 16 dekabrida “Elektron hukumat” doirasida ishga tushirilgan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasidan foydalanish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari videoselektor shaklida tashkil etildi.

Seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassis xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika hududlaridagi barcha shahar va tuman hokimliklarida litsenziyalar reyestrini yuritishga mas’ul xodimlar hamda joylardagi “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘uloti tarzida tashkil etilgan ushbu seminar yig‘ilishda “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan, amal qilishi muddati tuxtatilgan va muddati uzaytirilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish bilan birgalikda, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan litsenziya olish davlat organlariga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Zero, tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mamlakatimizda “elektron hukumat”ni tatbiq etishning eng muhim elementlaridan biridir. Chunki jismoniy va yuridik shaxslar bilan elektron shakldagi munosabatlar, o‘z navbatida, korrupsiyaning oldini oladi, tadbirkorlik faoliyati oldidagi to‘siqlarni bartaraf etadi. Qolaversa, tadbirkorlarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Telegram: @license_uz

www.facebook.com

Sh.Nortojiyev, 
Elektron hukumat”

tizimini rivojlantirish markazi



Киритилган вақти: 23/12/2016 18:42 Кўрилганлиги: 5269
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Сайтдаги интерактив хизматларга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 115
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг