Махсус имкониятлар
 
Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / Aхborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Aхborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir” – deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir” – deb ta’kidladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy va iqtisodiy sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning naqadar muhimligi va samaradorligi jahon miqyosida mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda va tahlillarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelishi, 2020-yilda bu ko‘rsatkichning 9 foizdan oshishi, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hissasiga to‘g‘ri kelishi ushbu sohaning jadal sur’atlarda rivojlantirishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha sohalarga joriy etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotgani, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning sanoat va qishloq xo‘jaligiga joriy etilishi, ushbu sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Koreya Respublikasi bilan hamkorlik, mamlakat eksport salohiyatining yildan-yilga oshib borishi mazkur sohani rivojlantirishga zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, dunyoda sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning barchasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ishlab chi-qarish joriy etilgan. Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, bozorda o‘z o‘rnini egallash va bu o‘rinni boshqalarning egallashiga imkon bermaslik — bozor iqtisodiyotining asosiy va o‘ta jiddiy qoidalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiiyki, bunday vaziyat, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy yuqori texnologiyalar asosida ishlovchi ishlab chiqarishni parallel ravishda, rivojlantirish zarurligidan dalolat beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi roli, ayniqsa, davlatlarning global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlariga qarshi kurash jarayonida yana ham o‘sdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sanoat tarmog‘i odatda telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish, elektron uskunalar, hisoblash texnikalari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishdan tarkib topgan bo‘lib, iqtisodiyotning rivojida muhim o‘rin tutadi. Yuqori tezlikdagi Internet, keng polosali mobil aloqa va kompyuter xizmatlariga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning kengayishi odamlarning o‘zaro munosabatlarini yengillashtiradi va tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi hamda ijtimoiy samaraga va iqtisodiy o‘sishga olib keladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni egallagan sanoat tarmoqlari bilan bir qatorda, agrar sohada ham axborot tizimlaridan foydalanish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dehqonchilikda o‘simliklarning mineral oziqaga va suvga bo‘lgan talabini aniqlash, unumdorligi bo‘yicha tuproq xaritalarini tuzish, yerlarni tekislash, yetishtirilgan mahsulotni qabul qilib olish va iste’molchiga yetkazib berish tizimini takomillashtirish, tomchilatib sug‘orish va boshqa qator agrotexnik tadbirlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa fermerlar uchun qulayliklar yaratilishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasini oshishiga olib keladi. Shu o‘rinda, bir misol, savdo-sotiq jarayoniga axborot tizimi joriy etilishidan oldin yetarli axborotga ega bo‘lmagan Hindistonlik fermerlar tomonidan o‘zlarining soya, tamaki, bug‘doy kabi dehqonchilik mahsulotlarini an’anaviy bozorlarda juda arzon narxlarda sotilgan. Axborot sohasining rivojlanishi esa iste’molchi bilan fermerning to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashishiga va tovarlarni savdo agentlariga to‘lov to‘lamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga imkon yaratgan. Buning natijasida, fermerlarning o‘rtacha yillik daromadi taxminan 800 dollardan 1900 dollargacha oshgan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy sohani isloh qilishda ham muhim yo‘nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Aholi salomatligini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishda yuqori texnologiyalarga asoslangan geoinformatsion tizimlardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ya’ni atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, o‘simliklar qoplami, aholining yashash muhiti va salomatligining holati hamda hududlar kesimida ekologik axborot bazasini yuritish bo‘yicha ekologik monitoring o‘tkazish va boshqalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy soha taraqqiyotidagi nufuzini yanada oshishiga olib kelmoqda.

Manba: infocom.uz

Киритилган вақти: 23/12/2016 19:36 Кўрилганлиги: 668
 
Жами мурожаатлар: 1235 (100%)
Кўриб чиқилган: 1013 (82%)
Кўриб чиқилмоқда: 222 (18%)

Сайтга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
Ташриф:
Кўришлар:
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг