Avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o´rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) "Avtomobil transporti to´g´risida", "Shahar yo´lovchilar transporti to´g´risida", "Yo´llarda harakatlanish xavfsizligi to´g´risida", "Iste´molchilarning huquqlarini himoya qilish to´g´risida"gi O´zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O´zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.
Avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajlarni tashish tegishli lisenziya, tender natijalari bo´yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo´nalishlarda yo´lovchilar transportida xizmatlar ko´rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo´lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Yo´lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Yo´l chiptalari, yo´l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo´nalishlar, avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yo´riqnoma-metodik hujjatlar "O´zbekiston avtomobil va daryo transporti" agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yo´lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo´yiladigan talablar:
• Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
• Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O´zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo´lishi kerak.
Yo´lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo´yiladigan talablar:
• Avtomobil transportida yo´lovchi tashuvchi haydovchilar O´zbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo´nalishli taksilar haydovchilari yo´nalishda ishlayotganda:
• tender kontraktiga muvofiq ushbu yo´nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;
• tegishli lisenziyaga (lisenziya kartochkasiga);
• yo´nalish hujjatlariga;
• yo´l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;
• yo´l varaqalarida yo´lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o´tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko´rikdan va haydovchilarning tibbiy ko´rikdan o´tganligi haqidagi qaydlarga;
• qatnov jadvaliga va yo´nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo´nalishlarda - unda aholi yashash joylaridan o´tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko´rsatilgan holda) ega bo´lishi kerak.
Yo´lovchilar tashuvchi avtotransportvositalari ishini hisobga olish:
Quyidagilar yo´lovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi:
a) avtotransport vositasining yo´l varaqasi;
b)shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yo´nalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi;
v) avtobus va engil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo´yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma;
g)chiptalarni sotish vedomosti (yo´nalishsiz taksilardan tashqari).
Avtotransport vositalarining yo´l varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo´yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qat´iy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari bo´yicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi.
Yo´l hujjatlarida tuzatishlar va o´chirib yozishlarga yo´l qo´yilmaydi. Haydovchi garajda, yo´lda, oraliq manzillarga kirib o´tishda va oxirgi manzillarda yo´l hujjatlaridagi barcha qaydlarning to´g´riligini kuzatib borishi shart.
ШАҲАР АТРОФИ, ШАҲАРЛАРАРО ВА ХАЛҚАРО ЙЎЛОВЧИЛАР ТАШИШ АВТОМОБИЛЬ ТРАНСПОРТИДА ОЧИҚ ТЕНДЕРЛАР ТАШКИЛ ЭТИШ ВА ЎТКАЗИШ МАСАЛАЛАРИ ТЎҒРИСИДА
АҲОЛИГА ТРАНСПОРТ ХИЗМАТИ КЎРСАТИШ ҲАМДА ШАҲАРЛАР ВА ҚИШЛОҚЛАРДА АВТОБУСЛАРДА ЙЎЛОВЧИЛАР ТАШИШ ТИЗИМИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ ТЎҒРИСИДА
XIZMATDAN FOYDALANISH TARTIBI (reglamenti)
1-Qadam
Ariza formasini elektron nushasini yuklab olish va printer Qurilmasi yordamida qog`ozga chop etish.
2-Qadam
Ariza shaklini to`ldiring, imzo va muhr ko`ying
3-Qadam
Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shakilga o`tkazing. Shuningdek xizmatni ko`rsatish uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o`tkazing.
4-Qadam
Elektron shakilga o`tkazilgan ariza va hujjatlarni shahsiy pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hududidagi o`zini o`zi boshqarish organlariga taqdim eting.
Хизматдан фойдаланиш Мурожаат ҳолатини билиш