Бош саҳифа / Интерактив / Фуқаролар учун / Фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH TARTIBI



1. Viloyat hokimligi apparatida fuqarolarning og`zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash xamda fuqarolarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasining « Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida»gi Qonuni hamda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan «Andijon viloyati hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chikish va ularni qabul qilish tartibi» asosida amalga oshiriladi.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas`uliyat viloyat hokimi o`rinbosarlari, umumiy bo`lim, gurux rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3. Viloyat hokimligida fuqarolar viloyat hokimi, hokim o`rinbosarlari, hokimlik apparatining kotibiyat, bo`lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish viloyat hokimi karori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e`tiboriga yetkaziladi.

4. Viloyat hokimi va hokim o`rinbosarlari tomonidan fuqarolar xududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.

5. Har bir fuqaroning qabulidan so`ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, anik istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo`yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo`limda ro`yxatdan o`tkaziladi. Qabulda ko`tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo`linmasi va umumiy bo`lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas`uliyat viloyat hokimligi apparati ishlar boshqaruvchisi hamda umumiy bo`lim mudiri zimmalariga yuklatiladi.

7. Umumiy bo`lim mudiri viloyat hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig`i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan viloyat hokimi ko`rib chiqishi uchun takdim etadi. Viloyat hokimi tomonidan murojaatni o`rganish bo`yicha berilgan topshiriq umumiy bo`limda ro`yxatdan o`tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon umumiy bo`lim mudiri tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Viloyat hokimi o`rinbosarlari yoki hokimlik apparatining bo`linmalari raxbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham umumiy bo`lim mudiri tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. 

Fuqarolarning murojaatlarini o`rganib chiqish uchun viloyat hokimi yoki ushbu murojaat ko`rib chikish uchun yuborilgan hokim o`rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

8. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e`tiboran bir oygacha bo`lgan muddat ichida ko`rib chiqiladi, ko`shimcha o`rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o`n kunlik muddat ichida mu`lum qilinadi. 

Ariza va shikoyatlar viloyat hokimligiga tushgan kunidan e`tiboran bir oygacha bo`lgan muddat ichida, qo`shimcha o`rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o`n besh kundan kechiktirmay ko`rib chiqiladi. 

Ariza yoki shikoyatni ko`rib chiqish uchun tekshirish o`tkazish, qo`shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko`rib chiqish muddati viloyat hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog`i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma`lum qilinadi. 

Viloyat hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo`yicha o`sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko`rib chiqilishi natijalari to`grisida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Fuqaroning familiyasi(ismi, otasining ismi), yashash joyi to`grisidagi ma`lumotlar ko`rsatilmagan yoki у haqda soxta ma`lumotlar ko`rsatilgan, shuningdek imzo qo`yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko`rib chiqilmaydi. 

Fuqarolarning murojaatlarida qo`yilgan masalalarni hal etish viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo`lsa, uzog`i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo`natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.


10. Umumiy bo`lim mudiri har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro`yxatdan o`tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`radi. Oy yakunlari bo`yicha viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo`yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma`lumotlarni viloyat hokimlik soati va apparat yig`ilishlari muhokamasiga kiritadi.

 Normativ hujjatlar 

O`zbekiston Respublikasini qonuni Jismoniv va Yuridik shahslar to`g`risadagi 2014 yil 3 dekabrdagi O`RK  378-son

 >> MUROJAAT QILISH   


Murojaatlari bilan ishlash bo`yicha mas`ul shaxs:

Ismi sharifi: Uraimov Isroiljon Dilmurodovich

Viloyat hokimligi apparati umumiy bo`limi bosh mutaxassisi 

Manzil: 170131, Andijon shahri, A.Fitrat ko`chasi 239 uy, Telefon: 0 (374) 223-30-31 e-mail: qabulhona@andijan.uz 

 PDF (73 kb)

XIZMATDAN FOYDALANISH TARTIBI (reglamenti)

1-Qadam 
Ariza formasini elektron nushasini yuklab olish  va printer Qurilmasi yordamida qog`ozga chop etish.

2-Qadam 
Ariza shaklini to`ldiring, imzo va muhr ko`ying

3-Qadam 
Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shakilga o`tkazing. Shuningdek xizmatni ko`rsatish uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o`tkazing.

4-Qadam 
Elektron shakilga o`tkazilgan ariza va hujjatlarni shahsiy pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hududidagi o`zini o`zi boshqarish organlariga taqdim eting.


 Reglament (73 kb)


Shahar va tuman hokimliklari:

Hududlare-mail:Telefonlar:
Andijon shahar hokimligiandijan@andijan.uz0 (374) 223-94-95
Honobod shahar hokimligihonobod@andijan.uz0 (374) 734-15-86
Andijon tumani hokimligiandtumani@andijan.uz0 (374) 373-14-63
Asaka tumani hokimligiasaka@andijan.uz0 (374) 233-00-01
Baliqchi tumani hokimligibaliqchi@andijan.uz0 (374) 323-22-11
Buloqboshi tumani hokimligibuloqboshi@andijan.uz0 (374) 773-21-50
Bo`z tumani hokimligiboz@andijan.uz0 (374) 333-11-64
Jalaquduq tumani hokimligijalaquduq@andijan.uz0 (374) 755-11-07
Izboskan tumani hokimligiizboskan@andijan.uz0 (374) 312-25-15
Marhamat tumani hokimligimarhamat@andijan.uz0 (374) 391-19-03
Oltinko`l tumani hokimligioltinkol@andijan.uz0 (374) 354-70-12
Paxtaobod tumani hokimligipaxtaobod@andijan.uz0 (374) 711-30-00
Ulugnor tumani hokimligiulugnor@andijan.uz0 (374) 761-11-26
Xodjaobod tumani hokimligixojaobod@andijan.uz0 (374) 741-21-15
Shahrixon tumani hokimligishahrixon@andijan.uz0 (595) 200-04-72
Ko`rg`ontepa tumani hokimligikorgontepa@andijan.uz0 (374) 723-14-65




Охирги ўзгариш: 22/12/2016 17:29 Кўрилганлиги: 446
 
Жами мурожаатлар: 1225 (100%)
Кўриб чиқилган: 1013 (83%)
Кўриб чиқилмоқда: 212 (17%)

Сайтга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
Ташриф:
Кўришлар:
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг